23 Noyabr 2023 yil 1535

Navoiyda aholi uchun sifatli oziq-ovqat mahsulotlari sotuvini yoʻlga qoʻyish maqsadida “Dolzarb 40 kun” oyligi doirasida nazorat tadbirlari olib borilmoqda

Xalqimiz salomatligini taʼminlashda bozorlarimizning toʻkin-sochinligi, ayniqsa u yerdagi isteʼmol mahsulotlarining ijobiy sifatda boʻlishi muhim ahamiyat kasb etadi.  Binobarin, sotuvdagi goʻsht, sut va tuxum mahsulotlarining isteʼmolga yoroqlilik darajasi yaxshi  saqlash sharoitini talab etadi. Mana shunday sharoitni taʼminlash, hamda aholiga sifatli mahsulotlar sotuvini yoʻlga qoʻyish maqsadida Navoiy shahrida muntazam targʻibot va nazorat tadbirlari olib boriladi. Xususan, Navoiy viloyat IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi hamda viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda dehqon bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi tadbirkorlar faoliyati oʻrganildi. Jarayonda savdo xodimlariga sifatli mahsulotlarni sifat tekshiruvidan oʻtgan mahsulotlarni sotish boʻyicha tushuntirishlar olib borildi. Aniqlangan kamchiliklar boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech