11 Yanvar 2024 yil 2651

Navoiyda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash boʻyicha tahliliy va tanqidiy yigʻilish tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi xizmati tomonidan belgilangan reja topshiriq asosida Navoiyda JTSB Karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi hamda viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari ishtirokida oʻtgan yilda bajarilgan ishlar boʻyicha hisobot yigʻilishi tashkil etildi. Muhokama davomida erishilgan natijalar tahlili bilan bir qatorda, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi koʻzda tutilgan chora-tadbirlar rejasi oʻqib eshittirildi. Yigʻilish yakunida aholi uchun isteʼmolga yaroqli oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishda tovarlarni muntazam qatʼiy nazorat tekshiruvidan oʻtkazish lozimligi boʻyicha tushunchalar berildi.

 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech