21 Oktyabr 2023 yil 1128

Navoiyda ajrim yoqasidagi karmanalik bir guruh oilalar bilan suhbat tashkil etildi

Karmana tumani “Talqoq” MFY binosida 43 nafar MFY xotin-qizlar faollari xamda tumandagi ajrim yoqasiga kelib qolgan, notinch oilalar hamda tazyiq va zoʻravonlikka  ayollar bilan birgalikda suhbat oʻtkazildi. Uchrashuvda mutasaddilar tomonidan xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatchilikni oldini olish, ayniqsa oilalar tinchligini taʼminlash hamda ayollar huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar tahlil etildi. Bundan tashqari ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni muammolari oʻrganilib, mahallaning faol ayollari, otinoyilar bilan birga  yarashtirish choralari koʻrildi.

 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech