Navoiyda bayram munosabati bilan bir guruh xodimlar mukofatlandi
25 oktyabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan Navoiy viloyati IIBda tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda dastlab, viloyat IIB boshlig‘i so‘zga chiqib, Ichki ishlar vazirining bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. O‘z hayotini el-yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini asrashdek ezgu va olijanob ishga bag‘ishlagan mard, sadoqatli, fidoiy yurt posbonlari sha'niga samimiy tilaklar bildirdi. Shundan so‘ng, bayram munosabati bilan taqdirlangan bir guruh xodimlarga maxsus unvonlar hamda idoraviy ko‘krak nishonlar tantanali ravishda topshirildi.
Muhtaram Prezidentimiz farmoniga ko‘ra “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlangan podpolkovnik Marhabo Xojiyevaning xizmati yana bir bor e'tirof etildi.
Tadbirda Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i ham so‘z olib bir guruh ichki ishlar organlari xodimlariga esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati