22 Noyabr 2023 yil 1554

Navoiyda “Dolzarb 40 kunlik” profilaktik tadbiri doirasida tungi reyd tadbirlari amalga oshirilmoqda

Ichki ishlar organlarida joriy yilning 20-noyabr kunidan 30-dekabr kuniga qadar Respublika miqyosida korxona-tashkilotlar, jamoat uyushmalari va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda “Dolzarb 40 kunlik" keng ko'lamli tadbir o‘tkazilmoqda.

Shundan kelib chiqib, Navoiyda viloyat Prokuraturasi va Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan tungi xizmatga jalb etilgan xodimlar bilan xizmat oldi yo‘riqnomasi o‘tkazilib, hududlarda tungi xizmatga jalb etilgan xodimlarga kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, huquqbuzarliklarni oldini olish hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining barvaqt oldini olishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar yuklatildi. Mas’ullar boshchiligida viloyat hududida barcha yo'nalishlarda profilaktik tadbirlar amalga oshirilib, tungi vaqtda maqsadsiz va nazoratsiz yurgan voyaga yetmagan fuqarolar, xotin-qizlar hamda shubhali shaxslar, shuningdek qo'pol turdagi qoidabuzarlik sodir etgan harakat ishtirokchilari bilan tushuntirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, "Qizil" toifaga kiruvchi mahallalarda nazorat kuchaytirilib, haydovchilarning hujjatlari bilan bir qatorda transport vositalari ham ko'zdan kechilmoqda.

Bu kabi profilaktik tadbirlar viloyatning barcha hududlarida davom etmoqda.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech