Navoiyda IIB hamda Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda amaliy seminar tashkil etildi
Navoiy viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda Navoiy viloyat Adliya boshqarmasi hamkorligida sud-huquq sohalarida tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv hamda dastlabki tergov olib borish boʻyicha amaliy–seminar tashkil etildi. Unda Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi respublika sud-ekspertiza markazi boshligʻi va mutaxassislari ishtirok etdi. Seminar ochiq muloqot tarzida oʻtkazilib, mutaxassislar tomonidan sudga oid ekspertizalarning bugungi kundagi imkoniyatlari, amalga kiritilgan yangi ekspertiza turlari va ularning ahamiyati boʻyicha muhim maʼlumotlar yetkazildi.
Tadbir soʻngida xodimlar tomonidan
ekspertizalar tayinlash boʻyicha berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan
javob berildi. Shuningdek, kelgusida sohani yanada rivojlantirish boʻyicha bir
qator taklif va tavsiyalar kiritildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot
xizmati