14 Noyabr 2023 yil 848

Navoiyda IIB xodimlari uchun semizlikni oldini olishga qaratilgan oʻquv-amaliy mashgʻulot tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻlom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni talablari asosida xodimlarning jismoniy faolligini yanada oshirish,  musobaqalar tashkil etish hamda ular oʻrtasida sogʻlom turmush-tarzi keng targʻib etish maqsadida Navoiy viloyati Ichki ishlar organlarida samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Ana shundan tadbirlardan yana biri “Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” doirasida antropometrik koʻrsatkichlari boʻyicha tana vazni meʼyoridan ortiq xodimlar roʻyxatiga kiritilgan Navoiy viloyati Ichki ishlar organlari xodimlari bilan Jismoniy va jangovar tayyorgarlik boʻlimi tomonidan shifokor-diyetologlar va ozish boʻyicha sport murabbiylarini jalb qilgan holda “Semizlik-kasalliklar oʻchogʻi” va “Semirishni oldini olish” mavzusida oʻquv simenari tashkil etildi.

Tadbir davomida shifokor diyetologlar tomonidan odam organizmidagi ortiqcha yogʻlarning zarari hamda semizlikning salbiy tomonlari,oʻtkir retseptor va surunkali kasalliklarning asosiy kelib chiqish sababi ham semizlik ekanligi taʼkidlandi.  Tana vaznini meʼyorlashtirish boʻyicha muntazam sport bilan shugʻullanish, ovqatlanish ratsionida koʻkatlar meva va sabzavotlarni koʻpaytirish toʻgʻrisida taʼkidlandi. Bundan tashqari, malakali mutaxassis sport murabbiylari tomonidan uy sharoitida yengil mashqlar orqali ozish boʻyyicha mahorat mashgʻuloti ham tashkil etildi.Tadbir soʻngida xodimlarga Jismoniy va jangovar tayyorgarlik boʻlimi xodimlari hamda  diyetologlar tomonidanozdirish boʻyicha qoʻllanma hamda  oʻn kun davomida olib boriladigan sogʻlom ozish dasturi taqdim etildi.

 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech