8 Noyabr 2024 yil 2627

Navoiyda IIB xodimlarining turmush o‘rtoqlari bandligini ta’minlash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda

Xodimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy ahvolini yaxshilash borasida keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Navoiy viloyati IIBning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullari xodimlarning turmush o‘rtoqlarini kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash maqsadida "Ishga marhamat" monomarkazida targ‘ibot tadbiri tashkil etishdi. 

Dastlab, ular bilan boshqarmaning mutaxassis psixologi suhbat o‘tkazdi. Jarayonda oila bekalarini ruhiy barkamolligini mustahkamlash, turmush sharoitida paydo bo‘ladigan ruhiy zo‘riqish, stressli holatlarni oldini olish maqsadida qiziqarli trening tashkil etilib, psixolog tavsiyalari berildi. So‘ng esa markazdagi tarbiyachi-yordamchi, zamonaviy pardalar tikuvchi, dizayner, oshpaz, qandolatchi kabi yo‘nalishlarning faoliyati bilan tanishtirildi. Shuningdek, ularga yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumotlar berilib, xodimlarning band bo‘lmagan oila a’zolari uchun imtiyozli yo‘llanma asosida monomarkazda bepul o‘qish imkoniyatlari mavjudligi tushuntirildi.


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech