16 Yanvar 2024 yil 2476

Navoiyda IIB Ekspert-kriminalistika markazi xodimlari tomonidan taʼlim muassasalarida oʻquv amaliy koʻrgazmalar tashkil etildi

Viloyat IIB Ekspert-kriminalistika markazi xodimlari tomonidan Navoiy shahrida joylashgan 6-umumtaʼlim maktabida koʻrgazmali oʻquv mashgʻuloti tashkil etildi. Unda boshqarma Ekspert-kriminalistika markazining tajribali xodimlari tomonidan soha xizmatining bugungi kundagi zamonaviy imkoniyatlari boʻyicha maʼlumotlar berildi. Xususan, Ichki ishlar vazirligi tomonidan Navoiy viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi uchun ajratilgan harakatlanuvchi - “Volkswagen Crafter” rusumli kriminalistik laboratoriyasi, unda mavjud boʻlgan zamon talablariga mos jihozlangan kriminalistik-texnik vositalar, maxsus qurilmalardan foydalanish va jinoyatni issiq izida fosh etishdagi oʻrni haqida tushuntrildi. Shuningdek, mashgʻulot davomida oʻquvchi-yoshlarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

Bu kabi uchrashuvlarning tashki etilishi oʻquvchi-yoshlarni ichki ishlar organlari faoliyatiga qiziqib, kelgusida shu kasb egasi boʻlishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech