26 Aprel 2024 yil 1115

Navoiyda IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi, Ekspert-kriminalistika markazi, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi xodimlari ishtirokida sarhisob yigʻilishi boʻlib oʻtdi

 Viloyat IIBda Tergov boshqarmasi, Ekspert-kriminalistika markazi, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda ularning quyi boʻlinmalari xodimlari ishtirokida 3 oylik ish yakunlariga bagʻishlangan hisobot yigʻilishi  oʻtkazildi.

Yigʻilishda  sohaviy xizmat rahbarlarining joriy yilning  birinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar yuzasidan maʼruzalari tinglandi.

 Shuningdek, baʼzi sohaviy xizmatlardagi kamchiliklar tanqid ostiga olinib aniqlangan xato va kamchiliklar tez fursatda bartaraf etilishi taʼkidlandi. 

Bundan tashqari fuqarolarning murojaatlarini oʻz vaqtida qonuniy hal etilishini taʼminlash, fuqarolikni rasmiylashtirish va pasport-viza masalalarida ortiqcha ovvoragarchiliklarga yoʻl qoʻymaslik, bu borada murojaat etuvchilarga imkon darajasida shart-sharoitlar yaratish, hamda jinoyat ishlarini tergov qilish, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirishda Jinoyat-protsessual qonunchiligi normalariga qatʼiy amal qilish, fuqarolar va davlat manfaatlariga yetkazilgan moddiy zararni undirish ahvolini yanada yaxshilash, fosh etilmay qolayotgan jinoyatlarni hamkorlikda aniqlash kabi masalalarga jiddiy eʼtibor qaratish lozimligi aytib oʻtildi. 

Tadbir davomida, xizmat faoliyati davomida bir qator ijobiy koʻrsatkichlarga erishib, hamkasblariga oʻrnak boʻlib kelayotgan bir guruh xodimlar eʼtirof etilib, ularga viloyat IIB boshligʻining faxriy yorligʻi hamda pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi. 

Shuningdek, xodimlarning xizmat faoliyatini moddiy-texnik jihatdan yaxshilash hamda ish sifati va samaradorligini oshirish maqsadida, viloyatning har bir tumaniga zamonaviy xizmat kompyuterlari topshirildi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech