21 Oktyabr 2023 yil 1242

Navoiyda IIV akademik litseyi oʻquvchilari ishtirokida oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan badiiy kechalar tashkil etildi

IIV Navoiy akademik litseyida oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan “Tilga eʼtibor-elga eʼtibor” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazildi.

Tadbirda Navoiy davlat pedagogika institutining malakali professor va filologlari hamda viloyat Axborot kutubxona markazi xodimlari soʻzga chiqib ona tilimizga qaratilayotgan eʼtibor, yoshlarimizni milliy qadriyatlarimizga munosabatlari haqida soʻzladilar. Shuningdek, ajdodlarimizdan bizga oʻtib kelayotgan ona tilimizni chetdan kirib kelayotgan yot soʻzlardan himoya qilish, uning ravnaqi va istiqboli haqida qaygʻurish – bu millatning oʻzligini anglash ekanligini taʼkidlab oʻtdilar.

Tadbirda oʻquvchilar tomonidan ona tilimizga  hamda maʼnaviy qadriyatlarimizgaboʻlgan buyuk ehtiromini  talqin etuvchi sheʼrlar va qoʻshiqlar ijro etildi, sahna koʻrinishlari namoyish qilindi. Bu kabi tadbirlarning yoshlar huzurida tashkil etilgani ayni muddao, boisi kelgusida ularni ona tilimiz ravnaqi yoʻlida xizmat qilishi, vatanparvar, fidoiy shaxs boʻlib yetishishlarida ahamiyati katta.

 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech