Navoiyda IIVga qarashli muassasalarda xotin-qizlar jamoatchilik kengashi tarkibi saylandi
Xotin-qizlarni
jamiyat hayotining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalardagi faolligini
kuchaytirish, ularni qoʻllab-quvvatlash, huquq va manfaatlarini himoya qilish,
maʼnaviy qadriyatlarimizga asoslangan holda oila munosabatlarini mustahkamlash,
sogʻlom turmush tarzini shakllantirish maqsadida Ichki shlar organlari
xotin-qizlar kengashi tashkil etilgan edi.
Shu
munosabat bilan Vazirlik akademik litseylarida ham xotin-qizlar kengashlari
tashkil etilib, mustaqil ravishda faoliyat yuritishi, chora-tadbirlari amalga
oshirildi. Xususan IIV Navoiy akademik
litseyida “Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi” tarkibi saylandi. Kelgusida
viloyat IIBda xizmat olib borayotgan “Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi” bilan
hamkorlikda faoliyat olib borish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Xuddi
shunday yigʻilish viloyat IIB Tibbiyot boʻlimida ham tashkil etilib,
xotin-qizlar jamoatchilik kengashi tarkibi saylandi. Shuningdek, Tibbiyot
boʻlimi xodimalariga buyruq talablari tushuntirilib, kelgusida amalga
oshirilishi lozim boʻlgan tadbirlar yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Yigʻilish
soʻngida Oʻzbekiston musulmonlar idorasi Navoiy viloyat vakili soʻzga chiqib
“Oila va farzand tarbiyasida ayollarning oʻrni” mavzusida suhbat olb bordi
hamda oilaviy munosabarlarga oid qimmatli tavsiyalar berdi.
Navoiy
viloyati IIB Axborot xizmati