26 Oktyabr 2023 yil 1139

Navoiyda ekspert-kriminalistika markazi xodimlari tomonidan ilmiy-amaliy koʻrgazma tashkil etildi

Navoiy akademik litseyida tahsil olayotgan oʻquvchilar uchun viloyat IIB Ekspert-kriminalistika markazi xodimlari tomonidan ilmiy-amaliy koʻrgazma tashkil etildi. Koʻrgazmada markazning tajribali xodimlari tomonidan ekspert-kriminalistika xizmatining jinoyat va huquqbuzariklarni fosh etishdagi  zamonaviy imkoniyatlari toʻgʻrisida tushunchalar berildi. Xususan, Ichki ishlar vazirligi tomonidan Navoiy viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi uchun ajratilgan mikroavtobus negizida toʻliq jihozlangan harakatlanuvchi kriminalistik laboratoriya va unda  jamlangan kriminalistik-texnik vositalar, maxsus texnikalar hamda tadqiqot jihozlari oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek jinoyatchilikka qarshi kurashish, tezkor-qidiruv tadbirlarida foydalanish ulardan foydalanish, tergov va sud harakatlarida dalillarni toʻplashning kriminalistik ilmiy usuli va vositalarini qoʻllash boʻyicha qiziqarli mashgʻulotlar ham tashkil etildi. Muassasada tashkil etilayotgan mashgʻulot oʻquvchi-yoshlarni ichki ishlar organlari faoliyatiga qiziqtirish hamda ularning bilim va koʻnikmalarini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz. 


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech