3 May 2025 yil 249

Navoiyda "Namunali oila" ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi

    Oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, dunyoqarashi va ma’naviyatini yuksaltirish, namunali oilalarning hayotiy tajribalarini yanada ommalashtirish maqsadida Ichki ishlar vazirligi tizimida an’anaviy tarzda “Namunali oila” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilib kelinmoqda. Ichki ishlar organlarida kamida 5 yil amaliy ish stajiga ega, oila qurganiga 8 yil to‘lgan  viloyat IIBning tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalaridan jami 10 ta oila ishtirok etgan mazkur ko‘rik-tanlovning Navoiy viloyati bosqichi ham har galgidanda o‘zgacha tayyorgarlik, yuqori saviya va ko‘tarinkilik bilan o‘tkazildi.

    Ko‘rik-tanlovda 3 ta shartni bajarish davomida ishtirokchilar va ularning oila a’zolari o‘z iste’dod va qobiliyatlarni namoyish etdilar. Qizg‘in bahs va munozaralardan so‘ng, yakuniy natijalarga ko‘ra, 3-o‘rinni Navoiy viloyati IIB Navoiy kon metallurgiya kombinatidagi IIB Jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash bo‘linmasi katta inspektori, leytenant Jo‘rayev Jo‘shqin Davronovich (Jo‘rayevlar oilasi), 2-o‘rinni Qiziltepa tumani IIB Tashkiliy bo‘linma navbatchilik qismi katta inspektor navbatchisi, mayor Shukurov Madiyor Mahmudovich (Shukurovlar oilasi) egallagan bo‘lsa, 1-o‘ringa Navoiy viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi saf bo‘linmalari patrul-post xizmati bataloni mutaxassisi, katta serjant Roziqov Zohid Zoir o‘g‘li (Roziqovlar oilasi) munosib deb topildi va musobaqaning Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

     Tanlov g‘oliblari hamda ishtirokchilar pul mukofoti va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Turli nominatsiyalarda g‘olib deb topilgan oilalar ham diplom va qimmatbaho sovg‘alar tantanali topshirildi. 

              Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech