Navoiyda “Nurli maskan” maxsus maktab internati oʻquvchilari psixolog huzurida boʻlishdi
Yoshlar navnihol. Yosh nihol oʻsib koʻkka boʻy choʻzishi uning niholligida olingan parvarishiga bogʻliq. Farzandlarimizni yoshligidan yaxshi xulq-atvorli, bilimli qilib tarbiyalasakgina, kelgusida ular jamiyat uchun foydasi tegadigan, fidoiy shaxs boʻlib yetishishi shubhasiz. Xususan, Navoiy shahar IIB JXX HPB Voyaga yetmaganlar boʻyicha inspektor psixologlarining “Nurli maskan” maxsus maktab internatidagi targʻibot tadbiri ham ayni shu maqsadga yoʻgʻrildi. Oʻsmir yoshdagi oʻquvchilar bilan oʻtkazilagan suhbat davomida oʻquvchilarga sogʻlom turmush tarzining asosiy yunalishlari, yaʼani kun tartibiga rioya qilish, jismoniy faollik, zararli odatlardan tiyilish, tibbiy madaniyat va jamoa va shaxsiy gigiyena koidalariga amal qilishlari toʻgʻrisida tushuncha berildi. Shuningdek ular bilan suhbatda ruhiy xotirjamlikni his qilish hamda oʻsmirlik davriga xos jizzakilik, asasbiylashish kabi salbiy holatlarni yengib oʻtishda psixologik tavsiyalar berildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati