Navoiyda "Spark" avtomashinasi yo‘lovchisining yonidan giyohvand moddaga o‘xshash modda topildi
Giyohvand modda iste'moli va savdosi butun dunyo bo‘yicha dolzarb masala bo‘lib, unga qarshi kurashish borasida tinimsiz tekshiruv va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Shunga qaramay zahri qotil muomalasi bilan shug‘ullanayotgan shaxslar uchrab turibdi. "Giyohvandlik va psixatrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish" oyligi doirasida Navoiy viloyati IIB TQX JQB xodimlari tomonidan "Samarqand" muntazam YPX maskanida o‘tkazilgan reyd tadbiri davomida "Spark" rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirildi. Unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan asli buxorolik 55 yoshli shaxsning cho‘ntagidan 26.82 gramm giyohvand moddaga o‘xshash modda borligi aniqlandi.
Selofan xaltachadagi mazkur modda holislar ishtirokida rasmiylashtirib olindi. Hozirda holat bo‘yicha tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati