12 Dekabr 2023 yil
1015
Navoiyda hududlar boʻylab “Zoʻravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi doirasida targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda
Navoiy
viloyati IIBda xotin- qizlar masalalari boʻyicha masʼullar ishtirokida keng
qamrovli profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan Navoiy
Kon-metallurgiya kombinatida faoliyat olib borayotgan ayollar bilan
“Zoʻravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi doirasida davra suhbati tashkil etildi.
Unda oilaviy zoʻravonlik va uning farzandlar tarbiyasiga taʼsiri haqida soʻz
bordi. Zoʻravonlik qurboni boʻlgan ayollar uchun himoya orderi rasmiylashtirish
tartibi ham tushuntirildi. Shuningdek, xotin-qizlar oʻrtasida uchrayotgan
jinoyatlarga qarshi kurashish borasida ham tushunchalar berilib, jinoyat uchun
jazo muqarrarligi aytildi.
Navoiy
viloyati IIB Axyulorot xizmati