22 Oktyabr 2023 yil 1330

Navoiyda  oʻquvchilar 7532-harbiy qismda tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni”da ishtirok etishdi

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Navoiy akademik litseyi oʻquvchilari  IIV Qorovul qoʻshinlari 7532-harbiy qismda tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirida faol ishtirok etishdi. Oʻquvchilar orkestr sadolari ostida tantanali kutib olindi. Shu kuni litsey oʻquvchilari bilan birga tashrif buyurishgan “Beruniy”- nomli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari ham harbiy qism hayoti aks etgan muhitdan bahra olishdi. Xususan tadbir davomida oʻquvchilar harbiy texnikalar, jangovar qurollar, maxsus vositalar, harbiy qism hayoti, harbiy xizmatchilar uchun yaratib berilgan shart-sharoitlar, oshxona, yotoqxona, kutubxona, sport zallari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, harbiy-jangovarlik mashgʻulotlaridan naʼmunalar oʻquvchi-yoshlarda katta qiziqish uygʻotdi.

Harbiy qism rahbariyati oʻquvchilarga yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor, ularni  har tomonlama bilimli, haqiqiy vatanparvar yetuk inson qilib tarbiyalash, borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida gapirib, oʻquvchilarning chuqur bilimlarni egallab, kelgusida mamlakatimiz tinchligi va farovonligi, xalqimiz osoyishtalagini taʼminlashga qodir ofitserlar boʻlib yetishishida ishonch bildirdi.

Tadbirning ikkinchi qismida  “Beruniy”- nomli umumtaʼlim maktabi, IIV akademik ditseyi va harbiy xizmatchilar jamoalari oʻrtasida “Zakovat” musobaqasi oʻtkazildi.  Ushbu musobaqada IIV Navoiy akademik litseyi jamoasi gʻolib boʻldilar.

 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech