6 Yanvar 2024 yil 2853

Navoiyda viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari podpolkovnik Sh.Sharipov uchquduqlik fuqarolar murojaatlarini oʻrgandi

Aholi murojaatlarini oʻrganish bugun har bir rahbar oldidagi dolzarb vazifa sanaladi. Binobarin, viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari ish reja taqsimotiga koʻra Uchquduq tumani fuqarolari bilan uchrashib muammolari yuzasidan suhbatlashdi. Uchrashuv davomida 10ga yaqin yechimtalab masalalar hamkor mutasaddilar bilan birgalikda oʻrganilib 6 nafari ijobiy hal etildi. Aksariyatlariga huquqiy yoʻnalish berilib bajrilishi nazoratga olindi.

Chunonchi, Iftixor mahallasida istiqomat qilayotgan Aljanova Karjigul betobligi sabab dori-darmonlarga moddiy imkoniyati yetmayotganini maʼlum qildi. Jarayonda opaga saxovat va koʻmak jamgʻarmasi hisobidan bir martalik moddiy yordam ajratildi. Mustaqillik mahallasida yashovchi Murodjon Qurbonov ishga kirish masalasida murojaat etdi. Unga ham kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan bir necha ish oʻrinlari taklif etili, tez orada bandligi taʼminlanishi aytildi.

 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech