22 Oktyabr 2023 yil 1023

Navoiyda viloyat IIBning malakali ekspertlari tomonidan prokuratura tergovchilari uchun oʻquv mashgʻuloti tashkil etildi

Navoiy viloyati prokuraturasida prokuratura tergovchilariga hodisa joylarini koʻzdan kechirish, jinoyat ishi uchun ahamiyatli ashyoviy dalillarni izlab topish, shu bilan bir qatorda ogʻir va oʻta ogʻir jinoyat joylarida ahamiyatli boʻlgan mayda va mikro obyektlarni olish va qadoqlash yuzasidan oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Shuningdek, hozirgi kunda Navoiy viloyati IIBda Ekspert-kriminalistika markazida oʻtkazilayotgan yangi ekspertiza turlari, xatshunoslik va lingvistik ekspertizalarning zamonaviy imkoniyatlari hamda amaliyotdagi ekspertizalar bilan bogʻliq yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan suhbatlashildi.

 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech