Navoiyda O'zbekiston Respublikasi IIV va viloyat IIB mas'ul xodimlari tomonidan viloyatning tuman-shahar IIB boshliqlariga biriktirilgan umumta’lim maktablarida tashkiliy va metodik ko‘maklashish yuzasidan o'rganish ishlari olib borilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasining tegishli buyruqlari bilan Ichki ishlar organlariga biriktirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻquvchilarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, ularni qonunga itoatkorlik va milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishini barvaqt oldini olish, maktablarda oliy taʼlim qamrovi va bandlik darajasini oshirish yuzasidan o'rganish ishlari olib borilmoqda.
Ichki ishlar vazirligi MMI va KBTD Taʼlim jarayonini tashkil etish boshqarmasi masʼul xodimi podpolkovnik B.Egamberdiyev va bir qator mas'ullar tomonidan Karmana tumani Ichki ishlar bo‘limiga biriktirilgan tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 11-umumiy oʻrta taʼlim maktabida 2024 - 2025 oʻquv yili davomida maktablar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlarni samarali tashkil etish boʻyicha maktab jamoasi va ichki ishlar xodimlariga mahorat darsi o‘tkazildi.
Mas’ul xodimlar tomonidan o‘quvchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmun va mohiyati yetkazildi. O’quvchi-yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini bosqichma-bosqich oshirishda eng avvalo, ta’lim-tarbiyaning tizimli va uzviy ravishda olib borilishiga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi. Mas’ullarga “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quvchilarni axborot texnologiyalari (IT) bo‘yicha fan to‘garaklari va o‘quv kurslariga jalb etish orqali ularning veb dasturlash, mobil ilovalar, sun’iy intellekt, elektron platformalar va robototexnika sohasidagi qiziqishlarini oshirish maqsadida amalga oshirishlari lozim bo‘lgan bir qator vazifalar belgilab berildi.
Shundan so’ng, mas’ul xodimlar o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, maktabda amalga oshirilgan ishlar, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasida amalga oshirayotgan ishlar va o‘quvchilar bilan o‘tkazilayotgan dars jarayonlari bilan tanishdilar.