4 Yanvar 2024 yil
1985
Navoiyda jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni taʼminlash hamda jinoyatchilikni oldini olish maqsadida nazorat profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda
Jumladan, Navoiy viloyati patrul-post xizmati batalyoni patrullik xizmatiga jalb etilgan xodimlar Karmana tumanida profilaktik targʻibot ishlarini olib bordi. Unda asosiy etibor tashkilotlarda tungi xizmat olib borayotgan xodimlar, shuningdek qorovullar bilan suhbatlashilib hushyor boʻlishlari, nazoratni yoʻqotmaslik boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi. Tadbir davomida dorixonalar va spirtli ichimliklar savdo doʻkonlari sotuvchilari bilan suhbatlashilib psixatrop dori vositalari va sarhush qiluvchi ichimliklarni voyaga yetmaganlarga sotish mumkin emasligi uqtirildi.
Navoiy viloyati
IIB Axborot xizmati