24 Noyabr 2023 yil 1584

Navoiyda “Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” doirasida IIB xodimalari ishtirokida voleybol musobaqasi tashkil etildi

Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va xodimlar oʻrtasida ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida  viloyat ichki ishlar boshqarmasida xizmat olib borayotgan ayol xodimalar oʻrtasida sportning voleybol turi boʻyicha “Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining kubogi” musobaqasi oʻtkazildi. Soha xodimalari voleybol toʻpini tezkorlik bilan raqib tomonga uloqtirib, kutilmaganda zarba berish usuli bilan qiziqarli  oʻyin koʻrsatdilar. Murosasiz  kechgan bahslarda viloyat IIBning xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorlaridan iborat “Femida”  jamoasi  faxrli  3-oʻrinni, shahar-tuman IIBlarida xizmat qilayotgan inspektor-psixologlarning “Psixologlar” jamoasi faxrli 2-oʻrinni egallagan boʻlsa, viloyat IIB sohaviy xizmatlarining “Toʻmaris” jamoasi faxrli 1-oʻringa munosib deb topildi.

Gʻolib jamoalar hamda “Gʻalabaga boʻlgan ishtiyoqi uchun” nominatsiyasi boʻyicha gʻolib boʻlgan “Adolat” jamoasi diplom va qimmatbaho sovgʻa bilan  taqdirlanishdi. 

 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech