27 Oktyabr 2023 yil 1213

Navoiyda 25-oktyabr – “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi

 Fuqarolarimizning tinchligi va osoyishtaligi, huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, jamiyatimizda qonun ustuvorligini taʼminlash yoʻlida xizmat olib borayotgan Ichki ishlar xodimlari bugun kasb bayramini munosib nishonlamoqdalar. Xususan Navoiy viloyatida ichki ishlar organlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda 25-oktyabr – “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan osoyishtalik posbonlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir avvalida viloyat IIB boshligʻi soʻzga chiqib, Ichki ishlar vazirining bayram tabrigini oʻqib eshittirdi hamda osuda hayotimiz sababchisi Ichki ishlar organlari xodimlarining sharafli xizmati eʼtirof etilib, sohada erishilayotgan yutuqlar tilga olindi. Shundan soʻng, tizimda oʻzlarining samarali ish faoliyati bilan xamkasblariga oʻrnak boʻlib kelayotgan bir guruh xodimlar boshqarma boshligʻi va vazirlik tomonidan taʼsis etilgan diplom qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, tadbirga viloyatimizning koʻzga koʻringan, isteʼdodli xonandalari ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar koʻtaringki kayfiyat baxsh etgan boʻlsa, xodimlarning mashaqqatli mehnati aks etgan videolavha hamda mashhurlar tabrigi bayram dasturiga yanada fayz qoʻshdi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech