4 Noyabr 2023 yil 1718

Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining navoiylik fuqarolarga murojaati

Assalomu alaykum, hurmatli navoiyliklar!

Barchamizga yaxshi maʼlumki, har qanday mamlakatning    taraqqiy etishida osoyishtalik va xavfsizlikni taʼminlanganligi shuningdek, jinoyatchilikni jilovlash borasidagi ishlarning samaradorligi muhim hisoblanadi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev taʼbiri bilan aytganda, “Aslida bitta boʻlsa ham jinoyat boʻlgani hammamizni tashvishga solishi kerak”.  

Biroq afsuslar boʻlsinki, jamiyatimizda fuqarolarimizning huquqiy ongi, huquqiy bilimlarini oshirmasdan turib, ularning koʻmagisiz, faqatgina huquqni muhofaza qiluvchi organlarining bu boradagi harakatlari samarasiz boʻlishi aniq.

Tahlillarga koʻra, joriy yilning 9 oyi davomida viloyatda sodir etilgan jami jinoyatlarning toʻrtdan bir qismini aynan oʻgʻirlik va firibgarlik jinoyatlari tashkil etgan.

Oʻgʻirliklarning koʻp qismini xonadon oʻgʻirliklari, chorva mollari oʻgʻirliklari hamda axborot texnologiyalari orqali sodir etilgan oʻgʻirliklar tashkil qiladi.

Xuddi shu kabi firibgarliklarning katta qismi kredit olib berish, uy-joy savdosi, chorva hayvonlarini sotish va soʻyib berish, ishga va oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilish orqali sodir etilgan.

Shulardan kelib chiqib, viloyatimiz fuqarolaridan shaxsiy mol-mulklariga yanada ehtiyot boʻlishlarini, ularni oʻgʻirlanishi uchun shart-sharoit yaratib bermasliklarini;

Shuningdek, hozirgi kunda asosan ijtimoiy tarmoqlar yordamida sodir etilayotgan kiberjinoyatlardan ogoh boʻlishlarini;

Shaxsiy va bank kartasi haqidagi maʼlumotlarni hech kimga oshkor qilmasliklarini;

Moddiy manfaatdor qilish evaziga ishga va oʻqishga kiritib qoʻyish, kredit olib berish, uy-joy va avtotransport vositalarini sotish yoki sotib olib berishni vaʼda qilayotgan shaxslarning aldovlariga uchmasliklarini;  

Shubhali tuyulgan shaxslar haqida oʻz vaqtida “102” raqami orqali Ichki ishlar organlariga xabar berishlarini soʻraymiz!

Navoiy viloyati IIB boshligʻi polkovnik A.D.Tasbayev

Text to speech