10 Noyabr 2023 yil 736

Navoiyning olis Tomdi tumanida xotin-qizlar jinoyatchiligiga qarshi kurashish boʻyicha targʻibot tadbirlari tashkil etildi

“Xotin-qizlar jinoyatchiligini oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi” kuni munosabati bilan Sharq” ovul fuqarolar yigʻinida xotin-qizlar oʻrtasida davra suhbati oʻtkazildi. Unda xotin-qizlar huquqlari davlat himoyasidagi ekanligi, tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish, shuningdek, ona va bolaning konstitutsiyaviy normalari batafsil tushuntirildi.

Ming afsuski, ayni paytda koʻp uchrayotgan ayollar va bolalarga nisbatan zoʻravonlik va turli koʻrinishdagi tazyiqlarga qarshi kurashish bunga esa mahalla ahlini, yoshi katta onaxonlarni jalb qilish toʻgʻrisida soʻz bordi. Shuningdek, xotin-qizlar ishtirokidagi jinoyatlarni oldini olish, kelib chiqish sabab va omillarini bartaraf etish  boʻyicha targʻibot tadbirlari ham tashkil etildi. Shu kuni xotin-qizlar masalalari boʻyicha masʼullar  ijtimoiy, tibbiy himoyaga muhtoj ayollar holidan xabar olindi. Muammolari oʻrganilib, ularning yechimi boʻyicha taqdimnomalar kiritildi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech