Navoiy
viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi xodimlari
tomonidan roʻyxatga qoʻyish-chiqarish, ID karta hamda xorijga chiqish
pasportlarini rasmiylashtirish kabi bir
qator samarali ishlarni amalga oshirib kelinmoqda. Xususan joriy yilda
200mingdan ortiq fuqarolarga ID kartalari rasmiylashtirib berilgan boʻlsa,
ulardan 38 nafari Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi. Yelena Rajabova ham 1995-yilda Rossiya
davlatidan koʻchib kelgan. 2000-yilda doimiy roʻyxatga qoʻyilgan fuqaro shu
yilda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini oldi. Endi u ham ozod va obod yurtning teng huquqli
fuqarosi boʻlish baxtiga erishdi. Shuningdek, viloyatning olis choʻl hududlari
Konimex, Tomdida istiqomat qilayotgan qariya va nogironlar uchun ID kartalari
ularning oʻz xonadonlarida, ovoragarchiliklarsiz rasmiylashtirib berildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: