28 Ноябр 2023 йил 1390

Навоийнинг олис ҳудудларида истиқомат қилаётган кекса ҳамда ногиронлиги мавжуд фуқаролар учун ID карталари расмийлаштириб берилди

Navoiy viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan roʻyxatga qoʻyish-chiqarish, ID karta hamda xorijga chiqish pasportlarini  rasmiylashtirish kabi bir qator samarali ishlarni amalga oshirib kelinmoqda. Xususan joriy yilda 200mingdan ortiq fuqarolarga ID kartalari rasmiylashtirib berilgan boʻlsa, ulardan 38 nafari Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi.  Yelena Rajabova ham 1995-yilda Rossiya davlatidan koʻchib kelgan. 2000-yilda doimiy roʻyxatga qoʻyilgan fuqaro shu yilda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini oldi. Endi  u ham ozod va obod yurtning teng huquqli fuqarosi boʻlish baxtiga erishdi. Shuningdek, viloyatning olis choʻl hududlari Konimex, Tomdida istiqomat qilayotgan qariya va nogironlar uchun ID kartalari ularning oʻz xonadonlarida, ovoragarchiliklarsiz rasmiylashtirib berildi. 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech