16 Noyabr 2024 yil 3500

Navoiy viloyati bo‘sh bo‘lgan ofitserlik lavozimiga tanlov e’lon qilinadi

Profilaktika inspektori (ofiserlik) lavozimiga e’lon qilingan tanlov tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabr kunidagi PQ-3413-son Qarori hamda Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 2-noyabr kunidagi 601-sonli buyrug‘i talablari asosida tashkil etiladi. Xizmatga tanlov asosida, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan shaxsiy, ishbilarmonlik va kasbiy fazilatlarga ega nomzodlar qabul qilinadi.


Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlarga talablar:


 - O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan erkaklar;


- doimiy yashash joyi bo‘yicha Navoiy viloyati hududida ro‘yxatda turgan;


- harbiy xizmatni o‘tagan (muddatli yoki safarbarlik chaqiruvi rezervida yoki oliy o‘quv yurtida harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan);


- yoshi 18 yoshdan kichik va 30 yoshdan katta bo‘lmagan;


- bo‘yi 165 (bir yuz yetmish) santimetrdan past bo‘lmagan;


- Oliy ta’lim muassasalarini imtiyozli (qizil) diplom bilan tamomlagan;


- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan;


- Olimpiya sport turlari bo‘yicha Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi to‘rt yilda hamda respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda g‘olib va sovrindor (1-3 o‘rin) bo‘lganlar va sportning individual turlarida g‘olib bo‘lganlar;


- xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan Ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarining farzandlari.


Arizalar kb.iiv.uz sayti orqali faqat onlayn tarzda qabul qilinadi. Joriy yilning 17-noyabr kunidan 27-noyabr kuniga qadar murojaat qilmagan nomzodlar ro‘yxatga kiritilmaydi va ushbu tanlovlarda qatnasha olmaydi. Qo‘shimcha ma’lumotlarni Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasining rasmiy sayti hamda "Telegram" messenjeridagi  “t.me/navviliibnomzod” manzili yoki (79) 229-53-00; va (79) 229-52-03 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati


Text to speech