Navoiy viloyati IIBda ma’naviyat oyligi doirasida kitoblar yarmarkasi tashkil etildi
Kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai. Xususan, Navoiy viloyati IIBda kitob yarmarkasi tashkil etishdan asosiy maqsadi ham xodimlarining ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, boy madaniy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalash hamda ularni kitob mutolaasiga kengroq jalb qilish bo‘ldi. Ma’naviyat oyligi doirasida tashkil etilgan kitoblar yarmarkasida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan boy adabiy merosimiz sanalmish o‘zbek va jahon adabiyotining noyob durdona asarlarini xarid qilib shaxsiy kutubxonalarini boyitishdi. Shuningdek, yarmarkadan joy olgan detiktiv janrdagi adabiyotlar osoyishtalik posbonlarida katta qiziqish uyg‘otdi. Ayniqsa kitob narxlarining arzonlashtirilgani ular uchun xarid imkoniyatini ko‘paytirdi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati