Navoiyda joylashgan 7551 harbiy qismda ma’naviyat oyligi doirasida kitoblar yarmarakasi tashkil etildi
Inson ma’naviyatini yuksaltirmasdan turib, xalqimiz hayoti va turmushi yuksalishida, hamda mamlakatimiz taraqqiyotida muvaffaqiyatlarga erishish mushkul. Zero ma’naviyatli shaxs olamga teran nigoh tashlab, voqea-hodisaga xolis baho bera oladi. Xususan, navoiy viloyatida joylashgan Qorovul qo‘shinlariga qarashli 7551 harbiy qismda tashkil etilgan kitoblar yarmarkasida ham harbiy xizmatchilarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, yurt tarixini cho‘qur o‘rganishi kabi maqsadlar ilgari surildi. Kunu tun yurt sarhadlarini qo‘riqlashdek ma’suliyatdni zimmasiga olgan harbiy qism fidoiylari uchun mazkur yarmarka ayni mudao bo‘ldi. Boisi shu kuni ular nafaqat o‘zlari, balki oila a’zolari va hatto farzandlari uchun ham kitoblar xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
-Inson ma’naviyatini yuksaltirishda kitobning o‘rni muhim ahamiyatga egadir,-deydi harbiy qism komondirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari mayor Muhammadali Ablakulov.-Shu bois, kitobni xazinalar kaliti, durdonalar sandig‘i, tafakkur chirog‘i, deya ta’riflashadi. Uni sevib mutolaa qilishadi. Mazkur tadbir ham ana shunday ezgu maqsadlarda tashkil etildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati