3 May 2023 yil 3206

Navoiyda ma’naviyat oyligi doirasida tarixiy shaharlarga sayohat tashkil etildi

Respublika bo‘ylab Ichki ishlar sohasida keng targ‘ib etilayotgan “Ma’naviyat oyligi” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar xodimlarni ma’naviy salohiyatini oshirish bilan bir qatorda, ishdan tashqari ma’naviy hordiq olishlari uchun ham xizmat qilmoqda. Xusuan, “Manaviyat oyligi” davomida viloyatda ish ko‘rsatkichi bilan yuqori natijalarga erishgan bir guruh profilaktika inspektorlari qadim va navqiron Buxoro shahriga tashrif buyurishdi. Dastlab, Bahouddin Naqshband ziyoratgohi, hamda Buxoro shahridagi Ark qal’asi muzeylarida bo‘lishdi. Asoru-atiqalar, qadim o‘tmishdan so‘zlochi tarixiy eksponatlarni tomosha qilib, qatag‘on davrida halok bo‘lgan vatanparvar ziyolilar hayoti bilan yaqindan tanishishdi. Bu kabi ziyorat tadbirlarini tashkil etilishi xodimlariga ulkan ruhiy ma’naviy kuch bag‘ishlab yangi marralarni egallashga rag‘bat uyg‘otishiga ishonamiz.

 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech