30 Oktyabr 2023 yil 916

Nurota tumani IIB JXX HPB voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha masʼullar ishtirokida profilaktik nazorat tadbirlari tashkil etilmoqda

Abdulla Avloniy “Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir”, deb bejizga aytmagan. Zero farzand tarbiyasi qancha davrlar oʻtsa hamki oila munosabatlarida oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Aksincha globallashuv va ijtimoiy tarmoqlarning ken quloch yoyishi farzand tarbiyasiga alohida eʼtibor berish lozimligini taqazo etmoqda. Bu borada ichki ishlar xodimlari ham oʻsmir va maktab yoshidagi bolalar xulq –atvoriga muhim masala deb qarashadi. Binobarin, Nurota tumani IIB JXX HPB voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha masʼullari hududdagi oʻquvchi yoshlarni taʼlim jarayonidagi davomati, xulq-atvori hamda ijtiomiy munosabatlarini nazorat qilish barobarida jamoatchilik bilan ken targʻibot ishlarini olib bormoqda. Jumladan  maktablarda “Davomat”, “Tigʻ” tadbirlari tashkil etilib, dars jarayonlarida sababsiz ishtirok etmayotganlar bilan muntazam profilaktik ishlar amalga oshiriladi. Shu kuni chet elga ketgan voyaga yetmagan bolalarni  haqiqatdan kattalar nazoratida ekanligini aniqlash, maqsadida yaqinlari bilan suhbatlashildi. Nazoratsiz qolgan oʻquvchilarning ota-onalari bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Ruhiyatida oʻzgarish boʻlgan, agressiv va jahldor bolalar bilan psixolog qabuli tashkil etildi. Oʻzlari bilan sovuq va tigʻli buyumlar olib yurmaslik va bu qonunga zid ekanligi tushuntirildi.  

  Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech