11 Dekabr 2023 yil 992

Nurota tumanida xotin-qizlar ishtirokida “Zoʻravonlikka qarshi 16 kun ” aksiyasi doirasida tadbirlar tashkil etildi

Nurota tumani Alisher Navoiy mahallasida “Zoʻravonlikka qarshi kurashish” hamda “Zoʻravonlikka qarshi 16 kun ” tadbirlari tashkil etildi. Unda  tuman IIB xotin-qizlar masalalari boʻyicha masʼullar, mahalla faollari, otinoyilar faol qatnashib ayollarning haq-huquqlari davlat himoyasida ekanligi, shuningdek,  zoʻravonlikka uchragan ayollarga rasmiylashtirib beriladigan himoya orderlari boʻyicha tushunchalar berildi. Maktab yoshidagi qizlarga erta turmush qurishning salbiy oqibatlari, oilaviy munosabatlarda xotin-qizlarning roli toʻgʻrisida maʼlumotlar yetkazildi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech