28 Oktyabr 2023 yil 1242

Nurota tumanida xotin-qizlar jinoyatchiligini oldini olish boʻyicha profilaktik huquqiy targʻibot tadbiri oʻtkazildi 

Viloyat IIB JXX HPB boshligʻi oʻrinbosari podpolkovnik Gulbahor Usarova tuman hududida xotin-qizlar oʻrtasida kelib chiqadigan jinoyat hamda huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida targʻibot ishlari olib bordi. Xususan koʻplab ayollarni bandligini taʼminlagan  Mirishkor MFYda joylashgan kichik tikuvchilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Ular bilan suhbatlashib qiziqishlari, turmush tarzi hamda muammolari bilan oʻrtoqlashdi.  Shuningdek, ayollar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar va ularning xunuk oqibatlari haqida soʻzladi. Hozirda avj olib borayotgan firibgarlik va odam savdosi qurboniga aylanib qolmaslik borasida muhim tavsilar berildi.


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech