18 Mart 2024 yil
2402
Nurota tumanida migratsiyadagi xotin-qizlar bilan onlayn muloqot va ularning oila aʼzolari bilan profilaktik suhbat oʻtkazildi
Nurota
tuman hokimi oʻrinbosari hamda tuman IIB xodimlari tomonidan migratsiyada
boʻlgan nurotalik xotin-qizlar bilan onlayn suhbat oʻtkazildi. Ularning chet
davlatlarda qonuniy manfaatlarini, huquqlarini himoyalash, migratsiyadagi
fuqarolar va ularning oila aʼzolariga ijtimoiy xizmat koʻrsatish belgilab
qoʻyilganligi, jumladan xotin-qizlarning manfaatlari himoyalanganligi haqida
soʻz yuritildi. Suhbat davomida migratsiyadagi xotin-qizlarning oilaviy ahvoli,
ijtimoiy muammolari, kelgusidagi maqsadlari oʻrganilib, ular tomonidan
bildirilgan muammo va takliflari tinglandi. Bundan tashqari, ularning oila
aʼzolari bilan profilaktik suhbat oʻtkazildi.
Navoiy
viloyati IIB Axborot xizmati