22 Dekabr 2023 yil
2351
Nurota tumanida Yangi yil bayramini koʻngilsizliklarsiz oʻtkazish maqsadida profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda
Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, saqlash va sotish kabi harakatlar uchun qonunchilikda qatʼiy javobgarlik belgilangan. Bu borada hududlarda aholi bilan muntazam tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Xususan, Nurota tumanida ham yangi yil bayram oldi nazorat tadbirlari oʻtkazilmoqda. Paqildoqlarga qiziquvchilarning koʻpchiligini yoshlar tashkil etgani bois ular oʻrtasida pirotexnika vositalari savdosining qonuniy javobgarligi, olov chaqnash oqibatlari haqida maʼlumotlar yetkazildi. Shuningdek savdo doʻkonlari egalri bu kabi vositalar oldi-sotdisiga yoʻl qoʻymasliklari boʻyicha ogohlantirildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati