Nurota tumanida taʼlim muassasalari oʻquvchi qizlari bilan profilaktik suhbatlar tashkil etilmoqda
Nurota
tumani IIB JXX HPB xotin-qizlar
masalalari boʻyicha katta inspektor tomonidan ixtisoslashtirilgan sanʼat
maktabi internati oʻquvchi qizlari bilan davra suhbati tashkil etildi. Unda
xotin-qizlarni huquqlarini himoya qilish, tazyiq va zoʻravonlikdan asrash
shuningdek, erta turmush va uning
oqibatlari haqida tushunchalar berildi. Tadbirda taʼlim muassasasi
oʻqituvchilari ham soʻzga chiqib qizlar tarbiyasi, kiyinish madaniyati, oʻzini
tutishi, boshka tumanlardan kelib oʻqiyotgan, yotoqxonada turadigan oʻquvchilar
vaqtini samarali tashkil etishi hamda odob-axloq koidalariga rioya qilishlari
uqtirildi. Yigʻilish yakunida oʻquvchi qizlarning qiziqtirgan savollariga
mutasaddilar tomonidan javob berildi.
Navoiy
viloyati IIB Axborot xizmati