21 Noyabr 2023 yil 1077

Navoiy viloyati IIB boshligʻi polkovnik A.Tasbayev Nurota tumanining Qadoq MFY istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlarini tingladi

“Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy burchimizdir” konseptual gʻoyasi ayni paytda ichki ishlar organlarining xizmat faoliyati davomida dasturul amal boʻlib kelmoqda. Fuqarolarning murojaatlarini sektorlar kesimida oʻrganib imkon qadar ijobiy hal qilish amaliyoti mana necha yildirki koʻplab insonlarning ogʻirini yengil, mushkulini oson boʻlishiga sabab boʻlmoqda.

Navoiy viloyati IIB boshligʻining Nurota tumani Qadoq MFYda 25ga  yaqin inson tibbiy muolaja, ishsizlik, taʼlim shartnoma toʻlovini toʻlanishiga amaliy yordam berish, ichki yoʻllarni shagʻallashtirish va boshqa bir qator yoʻnalishlardagi murojaatlari tinglandi. Xususan, Nafisa Mahmudova turmush oʻrtogʻining jigar kasalligiga chalinganligi sababli dori-darmon olishida moddiy yordam ajratilishi masalasida murojaat qildi. Nafisaxonning iltimosini tinglar ekan viloyat IIB boshligʻi polkovnik A.Tasbayev dori-darmonlarni tegishli manbalar hisobidan olib berilishini maʼlum qildi.

Kamoliddin Normatov esa onasiga nogironlik aravachali olishda yordam berilishini soʻradi. Uning ham murojaati Nurota tumani hokimining xotin-qizlar masalasi boʻyicha oʻrinbosari bilan hamkorlikda tez fursatlarda ijobiy hal etiladigan boʻldi.

Barcha murojaatlar nazoratga olinib, ayrim masalalar joyida hal etildi, muddat talab qilingan murojaatlar yuzasidan tegishli maʼsul rahbarlarga ularni ijobiy hal etish boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech