Nurota tumanining Nurfaxr mahallasida “Turmush” profilaktik tadbiri tashkil etildi
Oila muqaddas dargoh. Uning ustunlari boʻlmish er va xotin munosabatlarinig turgʻunligi va ahilligi ham farzandlar tarbiyasi shuningdek, ularning kelajagi uchun muhim omil sanaladi. Nurota tumani IIB JXX HPB xotin-qizlar masalalari boʻyicha masʼullar tomonidan “Turmush” profilaktik tadbirlari doirasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, navbatdagi manzil boʻyicha Nurfaxr mahallasida oʻtkazilgan yigʻilish mazkur mahalladagi notinch, nizoli oila aʼzolari bilan oʻtkazildi. Tadbirga mahallaning katta hayot tajribasiga ega onaxonlari va otinoyilari taklif etilgan boʻlib, yoshlarga oilaning jamiyatdagi oʻrni, er va xotin munosabatlaridagi moʻtadillik haqida oʻzlarining qimmatli tavsiyalarini berishdi. Shuningdek, oila aʼzolarining burchlari farzand tarbiyasidagi ahamiyati haqida ham keng koʻlamli tushuntirish ishlari olib borildi.
Navoiy
viloyati IIB Axborot xizmati