6 Noyabr 2023 yil 583

Oylik doirasida Xatirchi tumani IIB xodimlari uchun situatsion oʻquv mashgʻuloti tashkil etildi 

Jangovar va jismoniy tayyorgarlik oyligi doirasida olis tumanlarda ham xodimlar malakasini oshirish, kasbiy madaniyatini yuksaltirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Xatirchi tumani IIB xodimlari uchun tashkil etilgan situatsion oʻquv mashgʻuloti ham oylik doirasidagi muhim tadbirlardan biri boʻldi. Boisi, mutaxassis ekspert kriminalistlar tan jarohati bilan bogʻliq hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirish tergov harakati boʻyicha eʼtiborga molik maʼlumotlar bilan oʻrtoqlashdilar. Amaliy mashgʻulot yosh xodimlar uchun sohaviy bilimlarini oshirish hamda jinoyatni issiq izida fosh etishda oʻz samarasini koʻrsatishi shubhasiz. 


Navriy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech