7 Noyabr 2023 yil 709

Oylik doirasida Karmana tumani IIB xodimlari ishtirokida “Zakovat” intellektual oʻyini tashkil etildi

 “Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” doirasida Karmana tumani IIB  xodimlari, akademik litsey oʻquvchilari, tuman Axborot-kutubxona markazining xodimlari hamda harbiy qism xizmatchilari ishtirokida “Zakovat” intellektual oʻyini tashkil etildi. Oʻyinda qiziqarli shuningdek insonni mulohazaga chorlovchi savollar oʻrtaga tashlandi. Jamoalar oʻzlarining bilimlariga tayangan holda savollarga tezkorlik bilan aniq javob berishga harakat qilishdi. Karmana tumani IIB xodimlarining “Tafakkur”  jamoasi oʻyinda gʻolib deb topildi. Oʻyinda faol ishtirok etgan jamoalar pul mukofoti va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanishdi.

 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech