22 Noyabr 2023 yil 1327

Oylik doirasida Navoiy shahar IIB, Karmana tumani IIB xodimlari hamda IIV Navoiy akademik litseyi oʻquvchilari ishtirokida uch avlod uchrashuvi tashkil etildi

Tarix, bugun va kelajakni oʻzida mujassam etgan uch avlod uchrashuvi kabi  maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning oʻtkazilishi ichki ishlar tizimida ham anʼanaga aylangan. Mazkur anʼanaga binoan “Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” doirasida Navoiy shahar IIB, Karmana tumani IIB xodimlari hamda IIV Navoiy akademik litseyi oʻquvchilari shuningdek, soha faxriylari ishtirokida uch avlod uchrashuvi tashkil etildi. Tadbirda koʻpni koʻrgan  faxriy ustozlarimiz hayoti va mehnat faoliyati davomida toʻplagan boy tajribasi, yoshlik davridagi oʻziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat nafaqa paytida koʻrsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida oʻz dil soʻzlarini, samimiy fikrlarini bildirdi.El-yurt ravnaqi yoʻlida kuch-gʻayratini safarbar etish, xalqqa yaqin koʻmakchi, kamarbasta boʻlish lozimligi uch avlodga mansub xodimlarimiz oʻrtasida kechgan samimiy suhbatlarning bosh mavzusiga aylandi. Bu kabi tadbirlar xodimlarni sidqidildan xizmat qilishga, oʻsib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi.

  Navoiy viloyati IIB Axborot  xizmati

Text to speech