22 Noyabr 2023 yil 1264

  Oylik doirasida Qiziltepa tumani IIB hamda 5-son JIEK xodimlari oʻrtasida shaxmat musobaqasi tashkil etildi

“Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” doirasida hududlarda sport musobaqalari, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Xususan Qiziltepa tumani IIB hamda 5 son Jazoni ijro etish  kaloniyasi xodimlari bilan shaxmat musobaqasi tashkil etildi. Bellashuv davomida gʻoliblik uchun kurashayotgan vakillar oʻzining kuchli texnikasi orqali oʻyinga qizgʻin tus berdi. Organ xodimlari oʻrtasida doʻstlikni mustahkamlash , sportga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda  5-son JIEK xodimi mayor I.Sultonov faxrli 1-oʻrinni,  Qiziltepa tumani IIB JQG tezkor vakili katta leytenant O.Rasulov  2-oʻrinni hamda tuman IIB Probatsiya gruhi katta inspektori kapitan N.Baxronov esa 3-oʻrinni egalladi. Musoboqa gʻoliblari tuman IIB boshligʻining diplomi va qimmatbaho sovgʻalari bilan takdirlandi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech