22 Iyul 2025 yil 593

Navoiy viloyatida hududiy ichki ishlar organlari rahbarlari uchun qisqa muddatli o‘quv mashg‘ulotlarining 2-bosqichi boshlandi

  Mamlakatimiz rahbarining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori asosida IIV Akademiyasining professor-o‘qituvchilari va Navoiy viloyati IIBning sohaviy xizmatlari rahbarlari tomonidan viloyatdagi barcha shahar-tuman IIB boshliqlari uchun qisqa muddatli sayyor o‘quv mashg‘ulotlarining 2-bosqichi boshlandi. Uch kun davom etishi rejalashtirilgan va onlayn tarzda masofadan tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotining dastlabki kunida ''Oila-maktab-mahalla" tamoyili asosida voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish, inspektor-psixologlar faoliyatini samarali yo'lga qo'yishda kundalik so'rov va nazorat mavzusida muhim bilim va ko'nikmalar berildi. Mashg‘ulot jarayonida ishtirokchilar o'z fikr-mulohazalari bilan ham o'rtoqlashishdi. 

  Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech