Navoiy viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda uning shahar-tumanlardagi bo‘linmalari faoliyati o‘rganildi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va personallashtirish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik B.A.Sayfullayev tomonidan Navoiy viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda uning shahar-tumanlardagi bo‘linmalari faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida fuqarolarga Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish yo‘nalishida davlat xizmatlari ko‘rsatish ahvoli bilan bir qatorda joriy yilning aprel oyida o‘tkazilgan inspektorlik tekshiruvida aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilishi hamda ushbu kamchiliklarga chek qo‘yilganligiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mas’ullar tomonidan boshqarma hamda uning quyi tizimlarida xizmat olib borayotgan xodimlar o‘rtasida xizmat va ijrochilik intizomi hamda qonunchilikni mustahkamlash, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha shaxsiy tarkibga ko‘rsatma hamda topshiriqlar berildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati