15 Dekabr 2023 yil 720

“Payshanba-profilaktika kuni” munosabati IIB xodimlari tomonidan Nurota tumanidagi umumtaʼlim maktablarida targʻibot tadbirlari tashkil etildi

Tadbir davomida voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, oʻquvchilarni maktab ichki tartib qoidalariga amal qilishi shuningdek, jamoat tartibini saqlashga doir tushuntirishlar olib borildi.  Jarayonda oʻquvchilarni darsga qatnashishi, ijobiy davomat koʻrsatishi nazoratga olinib yoʻl-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan muhim tavsiyalar berildi. Oʻquvchilarni yaqinlashib kelayotgan yangi yil bayramini talofatsiz oʻtqazish maqsadida perotexnika vositalaridan foydalanmasligi boʻyicha tushuntirishlar olib borildi. Tadbir yakunida mutasaddilar tomonidan taʼlim muassasasining isitish tizimlari, qishki mavsumga tayyorgarligikoʻzdan kechirildi. 


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech