3 Oktyabr 2025 yil 205

Hududlarda mavsumga tayyorgarlik darajasi va kriminogen vaziyatni o‘rganish maqsadida Navoiy viloyati IIB boshlig‘i Qiziltepa tumanida bo‘ldi

  Qiziltepa tumanidagi o‘rganishlar avvalida tungi xizmatga jalb etilgan xodimlar  ishtirokida yo‘riqnoma tashkil etildi. Unda viloyat IIB boshlig‘i tomonidan jinoyat va huquqbuzarlikarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etilib, kelgusidagi  chora-tadbirlar yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. Tuman markazida joylashgan aholi gavjum bo‘ladigan bozor va savdo markazlari hududlari ko‘zdan kechirilib jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha bir qator tavsiyalar berildi.

  So‘ng Qiziltepa tumani Ichki ishlar bo‘limida bo‘lib, tezkor-tergov guruhi tarkibi, navbatchilik qismi shuningdek, fuqarolardan kelib tushgan ariza va shikoyatlar bilan tanishdi.

  Bundan tashqari tuman Tibbiyot birlashmasi va “Baxt tekstil” korxonasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi o‘rganilib, isitish tizimidagi ayrim kamchiliklarni bartaraf etish lozimligi ta’kidlandi.

  O‘rganish davomida mas’ullarga fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, ularga sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bir qator topshiriqlar berildi.

  Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech