Navoiy viloyati IIB boshlig'ining o'rinbosari huzurida tanqidiy-tahliliy ruhdagi sarhisob yig'ilishi o'tkazildi
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o'rinbosari huzurida o'tkazilgan yig'ilishda Navoiy viloyati IIB JXX, HPB, JTSB, YHXB, Probatsiya bo‘limi tomonidan 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda joylardagi jamoat xavfsizligi xizmati tomonidan mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatni jilovlash va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, harakat xavfsizligini va fuqarolarning osoyishtaligini taʼminlash, shaxsiy tarkibning xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etishi hamda boshqa yo‘nalishlarda bajarilgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi. Shuningdek, viloyat hududida o'tgan va joriy davrda qayd etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar va ularni keltirib chiqargan omillar atroflicha muhokama etildi. Bundan tashqari, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan tizimda mavjud muammolar o‘rtaga tashlanib, ularni bartaraf etish va samarali xizmatni tashkil etish borasida masʼullarga manzilli topshiriqlar berildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati