5 Iyul 2025 yil 722

Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi

  Navoiy viloyati IIB boshlig‘i tomonidan boshqarma ma’muriy binosida tashkil etilgan shaxsiy qabulda 10dan ortiq fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi. Qabul davomida fuqarolarning ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq turli masalalari, ijtimoiy, tibbiy muammolari bilan bir qatorda turmush sifatini yaxshilashga qaratilgan talab va takliflari ham tinglandi. Mavjud muammolarning aksariyati mas’ul xodimlar ishtirokida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganishlarni talab etgan murojaatlar alohida nazoratga olindi. 

  Eslatib o‘tamiz, hudud aholisining murojaatlarini bevosita qabul qilish maqsadida viloyat IIB rahbari bu kabi shaxsiy qabullarni muntazam ravishda o‘tkazmoqda.

  Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech